Oʻz uyi yaqinidagi shifoxonaga ketgan fransiyalik nafaqaxoʻr yoʻlda adashib, Xorvatiyaga borib qoldi
Fransiyalik 85 yoshli nafaqaxoʻr shifokor qabuliga ketayotganda yoʻldan adashib, Xorvatiyaga borib qoldi. Bu haqida BILD nashri maʼlum qildi.
Unda aytilishicha, Fransiyada yaqin atrofdagi shifokor koʻrigiga borishni rejalashtirgan 85 yoshli erkak oʻz avtomobilida uyidan taxminan 25 kilometr uzoqlikda joylashgan Hervault shahriga yoʻl olgan. Biroq yoʻnalishni yoʻqotishi oqibatida sharq tomonga qarab harakatlangan.
Maʼlum boʻlishicha, nafaqaxoʻr 24 soat davomida avtomobil boshqargan. U Fransiyani tark etib, bir nechta Yevropa mamlakatlari chegaralarini kesib oʻtganini ham sezmagan. Erkakning oʻzi bu holatning qanday sodir boʻlganini tushunmayotganini taʼkidlagan.
“Ilgari hech qachon xotira bilan bogʻliq muammolardan aziyat chekmaganman. Oʻzimni juda yaxshi his qilganman. Bu yerga qanday kelib qolganimni tushunmayapman”, — degan u.
Nafaqaxoʻrning yoʻqolishi dastlab hech qanday xavotir uygʻotmagan. Biroq u doʻstlari bilan uchrashish uchun bormagan. Bu esa turli xavotirlarni keltirib chiqargan. Vaziyatdan xabar topgan qoʻshnilar ham xavotirga tushib, voqea haqida politsiyaga murojaat qilgan.
Politsiya nafaqaxoʻrning telefon signali orqali joylashgan manzilini aniqlagan va u bilan aloqaga chiqqan. Ayni paytda 85 yoshli nafaqaxoʻr oʻz uyiga qaytarilishi kutilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Barselona” La Ligada navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi
- Bugun 2026-yilgi Jahon chempionatiga qurʼa tashlanadi
- Prezident poytaxtda transport tizimini yangilashga doir muhim qarorni imzoladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring