Oʻz dolzarbligini yoʻqotgan bir qancha qonunchilik hujjatlari bekor qilinadi
“Qonunchilikdagi huquqiy boʻshliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni (PF–231-son, 25.11.2025-y.) qabul qilindi. Bu haqida “Huquqiy axborot” Telegram-kanali xabar berdi.
Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan Farmonga koʻra, amalda oʻz ahamiyati va dolzarbligini yoʻqotgan 800 ga yaqin qonunchilik hujjatlari “tartibga solish gilyotinasi” orqali bekor qilinadi.
Farmon bilan quyidagilarni nazarda tutuvchi Tadbirkorlik va boshqa sohalardagi ayrim majburiy talablarni qisqartirish, tartibga solishni soddalashtirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” tasdiqlandi:
- tadbirkorlar uchun moliyaviy operatsiyalarni “E-aktiv” tizimida aks ettirish majburiyatini bekor qilish;
- koʻchmas mulkka nisbatan garov huquqini roʻyxatga olishda davlat xizmati narxini 2 baravarga kamaytirish;
- shaxsiy ehtiyoj uchun respublikaga olib kiriladigan tovarlarning bojsiz olib kirish normalarini toʻliq qayta koʻrib chiqish;
- yer uchastkasiga boʻlgan huquqni oʻziga bogʻliq boʻlmagan sabablarga koʻra roʻyxatdan oʻtkazmagan nogironligi boʻlgan shaxslarga muqobil hujjatlar asosida soliq imtiyozlaridan foydalanish imkonini yaratish.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring