Oʻttiz yoshli yigit umrbod ozodlikdan mahrum etildi

20:53 27 Yanvar 2026 Jamiyat
346 0

Koson tumanida yashovchi, 2023-yilda turmush qurgan Sardor (maqoladagi ism-familiyalar oʻzgartirilgan) va Sevaraning oʻzaro kelisha olmay ajrashishi, ularning yaqinlari uchun fojiali yakun topdi.

2025-yilning 2-iyul kuni Sevara va yaqinlari kuyovning uyidan narsalarini olib kelish uchun borishgan. Shu yerda ikki oila vakillari oʻrtasida yana janjal kelib chiqqan. Kelinning akasi Qodir Samadov kuyovning ikki akasiga pichoq bilan tashlanib, ularga jiddiy tan jarohatlari yetkazgan. Natijada jabrdiydalardan bir voqea joyida, ikkinchisi esa shifoxonada hayotdan koʻz yumgan.

Jinoyat ishlari boʻyicha Koson tumani sudining ochiq sud majlisida 1996-yilda tugʻilgan Qodir Samadov tomonidan sodir etilgan qilmish koʻrib chiqilib, unga umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Maʼlumot oʻrnida: 2025-yilda Qashqadaryo viloyatida qasddan odam oʻldirish bilan bogʻliq jinoyatlari soni 24 tani tashkil etgan. Bu 2024-yil bilan qiyoslaganda, ushbu turdagi jinoyatlar soni 2 taga ortganini koʻrsatadi.

Jahongir BOYMURODOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?