Oʻttiz yoshida tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomaga ega boʻldi

18:15 05 Oktyabr 2021 Jamiyat
706 0

Foto: Saminjon Husanov / Xalq so'zi

Andijon viloyati Jalaquduq tumanidagi Yorqishloq mahallasida yashovchi Mahmuda Yusupova 30 yoshni qarshilagan boʻlsa-da, haligacha tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomaga ega emas.

– Bilmadim, oiladagi eʼtiborsizlikmi yoki bequntlikmi, men va ukam shu paytgacha “metrikasiz” yashadik, - deydi Mahmuda. Biroq “qatorda bor, sanoqda yoʻq” boʻlib yurishning ham zahmatlari koʻp ekan.

Fuqarolik ishlari boʻyicha Xoʻjaobod tumanlararo sudida opa-ukaning tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma olish yuzasidan murojaati oʻrganib chiqildi. DNK tahlillari asosida ularning tavalludini qayd etish haqida qaror chiqarildi.

Opa-ukalar rasmiy hujjatlari Jalaquduq tuman FHDYO boʻlimi tomonidan tantanali topshirildi.

Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?