Oʻttiz yillik izlanishlar natijasi — JSST bezgakka qarshi dunyodagi birinchi vaksinani maʼqulladi

18:33 07 Oktyabr 2021 Dunyo
610 0

Foto: Getty Images

Preparatning past samaradorligiga qaramay (taxminan 30 foiz) klinik tadqiqotlar natijalari Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) mutaxassislari tomonidan maʼqullangan.

JSST dunyo tibbiyoti tarixida birinchi marta Afrika qitʼasi bolalari uchun bezgakka qarshi RTS,S/AS01 vaksinasidan foydalanishni maʼqulladi. Preparatning klinik sinovlari Gana, Keniya va Malavida oʻtkazilib, unda 800 mingdan ortiq bola qamrab olingan.

“Bu tarixiy lahzadir. Bezgakka qarshi uzoq kutilgan vaksina — fan, bolalar salomatligi va bezgakka qarshi kurashda yutuqdir”,-dedi JSST bosh direktori Tedros Gebreyesus ushbu voqeaga munosabat bildirib.

Uning qoʻshimcha qilishicha, mazkur vaksinadan foydalanish har yili oʻn minglab odamlarning hayotini saqlab qolishi mumkin.

Bezgak odamlar orasida eng keng tarqalgan yuqumli kasalliklardan biri hisoblanadi. JSST hisob-kitoblariga koʻra, 2019-yilda 400 ming nafarga yaqin odam ushbu kasallikdan vafot etgan. Shundan 260 ming nafarga yaqini Sahroi Kabir janubidagi mamlakatlarda yashovchi besh yoshgacha boʻlgan bolalardir. Umuman, bezgakning barcha turlari Yer yuzidagi 220 millionga yaqin odamga turli jarajada taʼsir qiladi.

Manbada qayd etilishicha, hozirgi kunda bezgakka qarshi davo choralari tobora samarasisiz boʻlib bormoqda. Chunki parazitning oʻzi ham, uning tashuvchilari — bezgak chivinlari ham kasallikka qarshi dorilarga tobora chidamli ortib bormoqda.

RTS,S/AS01 vaksinasi bezgakning eng xavfli qoʻzgʻatuvchisi — Plasmodium falciparum parazitiga qarshi ishlaydi. U taxminan 30 yil davomida ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalari shuni koʻrsatadiki, vaksina bezgakdan oʻlimni 30 foizga kamaytiradi.

 

 

 

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?