Oʻtkirbek Toʻraboyev Yevropa ochiq chempionatida gʻalaba qozondi

08:59 07 Mart 2022 Sport
901 0

Foto: Milliy olimpiya qoʻmitasi

Chexiya poytaxti Pragada dzyudo boʻyicha Yevropa ochiq chempionati oʻz yakuniga yetdi. Quvonarlisi, unda eng ogʻir vazn toifasida ishtirok etgan polvonimiz Oʻtkirbek Toʻraboyev oltin medalni qoʻlga kiritdi.

Toʻraboyev saralash bosqichida Moʻgʻuliston, Italiya, Ruminiya vakillarini, yarim final va finalda germaniyalik ikki taniqli dzyudochilarni magʻlub etishni uddaladi. Shu tariqa, yosh polvonimiz xalqaro maydondagi dastlabki yirik chempionligini qoʻlga kiritmoqda.

Eslatib oʻtamiz, kechagi bahslar doirasida Rahimjon Subhonov -66 kg. vazn toifasida bronza medaliga sazovor boʻlgan edi. Shu tariqa, jamoamiz ushbu musobaqani 1 tadan oltin va bronza medallari bilan yakunladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?