Oʻtkir Hoshimovning “Nur borki, soya bor” asari xitoy tiliga tarjima qilindi
Pekin shahrida boʻlib oʻtayotgan 30-Xalqaro kitob koʻrgazmasi doirasida Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Oʻtkir Hoshimovning “Nur borki, soya bor” asarining xitoy tilidagi kitobining taqdimoti oʻtkazildi.
Tadbirda mamlakatimiz elchixonasi diplomatlari, Xitoy davlat matbuot muassasalari, nashriyot va bosma uylari vakillari, yetakchi adabiyotshunos olimlar hamda OAV vakillari ishtirok etdi.
Asar Xitoyda ilmiy faoliyat bilan shugʻullanayotgan vatandosh Dildora Ismoilova tomonidan elchixona koʻmagida xitoy tiliga tarjima qilindi.
Taqdimotda soʻzga chiqqanlar, Oʻzbekiston va Xitoy qadimiy Buyuk ipak yoʻlidagi koʻp asrlik tarix, boy madaniyat va noyob anʼanalarga ega mamlakatlar ekanligini taʼkidladilar. Xalqlarimiz oʻrtasidagi madaniy aloqalarni mustahkamlash va oʻzaro anʼanalarimizni chuqurroq tushunishda badiiy adabiyot namunalarining tarjimasi muhim ahamiyat kasb etishi qayd etildi.
Van Syanmen, Xitoyning “Duzhe” noshirlik uyi prezidenti va bosh muharriri:
— Xitoy tilida nashr etilgan “Nur borki, soya bor” asariga bagʻishlangan taqdimotda ishtirok etganimdan juda xursandman. Asar muallifi Oʻtkir Hoshimov Oʻzbekistonning mashhur yozuvchilaridan biri ekanini yaxshi bilaman. Kitoblar xalqlar oʻrtasidagi madaniy aloqalarning muhim vositasidir. “Nur borki, soya bor” asari ham mamlakatlarimiz oʻrtasidagi madaniy almashinuvlarning yanada jadallashishiga xizmat qiladi. Ushbu kitob yordamida biz oʻzbek xalqining anʼana va qadriyatlari bilan tanishish imkoniga ega boʻlamiz.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring