Oʻtgan yili Oʻzbekistonda 10 million tonnadan ortiq donli ekinlar yetishtirildi

12:49 26 Fevral 2026 Jamiyat
223 0

2025-yilda respublikadagi barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan 10 112 087 tonna don va dukkakli don ekinlari yetishtirilgan. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.

Oʻtgan yili yetishtirilgan donli ekinlar hajmi hududlar kesimida taqsimlanganda eng katta koʻrsatkich Fargʻona viloyatida qayd etilib, hududda yil davomida 1 147 009 tonna donli ekinlar yetishtirilgan. Undan keyingi oʻrinlarda 1 016 447 tonna koʻrsatkich bilan Samarqand viloyati ikkinchi, 954 617 tonna hajm bilan Qashqadaryo viloyati uchinchi pogʻonada qayd etilgan.

Shuningdek, 2025-yil davomida Qoraqalpogʻiston Respublikasida 393 256 tonna, Andijon viloyatida 788 663 tonna, Buxoro viloyatida 761 690 tonna, Jizzax viloyatida 892 369 tonna, Navoiy viloyatida 308 258 tonna, Namangan viloyatida 831 942 tonna, Surxondaryo viloyatida 888 322 tonna, Sirdaryo viloyatida 635 304 tonna, Toshkent viloyatida 769 613 tonna hamda Xorazm viloyatida 724 217 tonna don va dukkakli don ekinlari yetishtirilgan.

Qoʻmita maʼlumotlariga koʻra, ushbu koʻrsatkich 2024-yilga nisbatan 13 foizga koʻpaygan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер