Oʻtgan yilda kino uchun davlat byudjetidan 33,6 mlrd soʻm mablagʻ ajratilgan
Yulduz Oʻrmonova, ”Xalq soʻzi Online”. Milliy matbuot markazida ”Oʻzbekkino” Milliy agentligi hamda Respublika kinoprokat markazi bilan hamkorlikda matbuot anjumani boʻlib oʻtmoqda.
Tadbirda ”Oʻzbekkino” Milliy agentligi xodimlari, kino ijodkorlar, taniqli rejissyorlar, kinoshunoslar, davlat va xususiy kinostudiyalar vakillari hamda OAV vakillari ishtirok etmoqda.
Konferensiya avvalida ”Oʻzbekkino” milliy agentligi bosh direktori Furqat Zokirov soʻzga chiqib, davlat mablagʻlari ajratilgan filmlar xususida sӯz yuritdi.
- 2018 yil milliy kino mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun davlat byudjetidan 33.6 mlrd soʻm mablagʻ ajratildi, - deydi Furqat Zokirov. - 19 ta badiiy, 40 ta hujjatli film, 8 ta multfilm, 2 ta qisqa metrajli filmlar tayyorlanib, Badiiy kengash eʼtiboriga havola etildi. ”Zumrasha” bolalar yumoristik kinojurnalining 11 ta toʻplami tayyorlandi. Milliy kino mahsulotlari uchun ajratilgan mablagʻ 2017 yilga nisbatan 2,7 barobar kӯp bӯlib, 2019 da bu nisbat yanada koʻpayishi rejalashtirilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring