Oʻtgan 10 oy davomida oʻz vaqtida toʻlanmagan 151 mlrd. soʻm ish haqi mehnatkashlarga undirib berildi
Foto: Arxiv surat
Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda Kasaba uyushmalari federatsiyasi axborot xizmati rahbari Muhabbat Oʻrmonbekova maʼlum qildi.
Joriy yilning oʻtgan davrida kasaba uyushmalari tizimidagi sanatoriylarda 150 ming nafardan ziyod xodim va ularning oila aʼzolari, 300 nafardan ortiq urush va mehnat fronti faxriysi imtiyozli asoslarda sogʻlomlashtirildi.
Kam taʼminlangan, koʻp bolali va yosh oilalar vakillari, tibbiyot xodimlari, oʻqituvchilar uchun aksiyalar tashkil etilib, ulardan qariyb 3 ming nafari bepul yoʻllanmalar bilan sogʻlomlashtirildi.
Kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimida faoliyat koʻrsatayotgan 4 ta bolalar va oʻsmirlar sport maktabida 1000 nafarga yaqin bola sportning ogʻir atletika, yengil atletika, yunon-rum kurashi, qilichbozlik, boks, xokkey, suzish, parakanoe va akademik eshkak eshish, baydarka, kanoe va slalomda eshkak eshish turlari boʻyicha shugʻullanib kelmoqda.
Bundan tashqari jamoa shartnomalariga binoan 98 ming 436 nafar xodimga toʻliqsiz ish vaqti sharoitida ishlash imkoni yaratildi. 2 mln. 188 ming nafardan ziyod xodim asosiy uzaytirilgan, 2 mln. 940 ming nafardan ziyod xodim esa yillik qoʻshimcha taʼtillardan foydalanmoqda.
2023-yilning 10 oyi davomida jamoa shartnomalari va kelishuvlari orqali 156 ming 108 nafar fuqaroga va 65 ming 55 ta oilaga qariyb 144 milliard soʻmlik ijtimoiy koʻmak koʻrsatildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring