Otabek Umarov Gennadiy Golovkin bilan uchrashdi

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi (MOQ) matbuot xizmatining xabar berishicha, tadbir arafasida rasmiylar bilan bir qator uchrashuvlar tashkil etilgan. Ulardan biri Qozogʻiston MOQ prezidenti Gennadiy Golovkin bilan oʻtkazilgan.
Uchrashuvda Oʻzbekiston va Qozogʻiston Olimpiya qoʻmitalarining bosh kotiblari Oybek Kasimov hamda Janar Uteshova ham qatnashishgan.
Maʼlumot uchun, jahon boksida ulkan shuhrat qozongan Golovkin joriy yilning 26-fevral sanasida Qozogʻiston MOQ prezidenti etib saylangan edi. Ortda qolgan vaqt mobaynida u salmoqli loyihalarga qoʻl urishni boshladi.
Tomonlar suhbat davomida ikki qardosh xalqning munosabatlari sport orqali yanada mustahkamlanib borayotgani, xususan, koʻplab terma jamoalarimiz yirik startlarga tayyorgarlik jarayonida qoʻshma oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarini oʻtkazayotganini mamnuniyat bilan tilga olishgan.
Gennadiy Gennadevich OOK vitse-prezidentini futbol boʻyicha Oʻzbekiston olimpiya terma jamoasining Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlariga yoʻllanma olgani bilan qutlab, jamoamizga boʻlajak musobaqada ham omad tilagan. Oʻz oʻrnida, Otabek Umarov Golovkinni yangi lavozimga saylangani bilan muborakbod etib, rahbarlik sohasida ham ulkan muvaffaqiyatlarga erishishini tilagan.
Shuningdek, OOK vitse-prezidenti uni oʻziga qulay vaqtda Oʻzbekistonga taklif etdi va hamkorlikda ishlashdan mamnun boʻlishini bildirgan.
Oʻzbekiston delegatsiyasining Tailanddagi rasmiy tashrifi davom etmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
- “Leapmotor” Oʻzbekistonda oʻtkazilgan avtomobil testi natijalaridan noroziligini bildirdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring