Osoyishtalik posbonlari shaxmat stolida bellashdi

13:39 20 Dekabr 2024 Jamiyat
130 0

Saminjon HUSANOV/”Xalq soʻzi”. Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasida xodimlarning intellektual va professional bilimini yanada shakllantirishga katta eʼtibor qaratilmoqda. Ana shu maqsadda tashkil etilgan shaxmat boʻyicha musobaqada tuman va shahar ichki ishlar boʻlimlarida xizmat faoliyatini olib borayotgan yuzlab osoyishtalik posbonlari ishtirok etdi. Ular orasidan 32 nafari viloyat ichki ishlar boshqarmasida boʻlib oʻtgan final bellashuvida qatnashdi.

— Viloyat ichki ishlar boshqarmasi tomonidan xodimlarning aqliy va jismoniy tayyorgarligini shakllantirish, kasbiy mahoratini oshirish maqsadida turli musobaqalar, bellashuvlar oʻtkazib kelinmoqda, — deydi musobaqa gʻolibi, Marhamat tumani IIB 1-ichki ishlar boʻlinmasi boshligʻi Farruxbek Qahramonov. — Shaxmat musobaqasi doirasida ham yuzlab hamkasblarimiz oʻzlarining aqliy salohiyatini namoyish etdi.

Musobaqa yakunida gʻoliblar munosib taqdirlandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер