Oʻsma endi faqat qoshga qoʻyilmaydi
Foto: “Xalq soʻzi”
Sirdaryoda amalga oshiriladigan startap loyihalar rejasiga oʻsma oʻsimligidan tabiiy boʻyoq olish texnologiyasi ham kiritildi. Ushbu loyiha innovatsion hudud maqomini olgan Sirdaryo tumanida amalga oshiriladi.
Eʼtiborlisi, loyiha muallifi — Guliston davlat universiteti tabiiy fanlar fakultetining kimyo yoʻnalishi uchinchi bosqich talabasi Yulduz Majidova. U ishlab chiqqan innovatsion texnologiyani amalga oshirish masʼuli esa turmush oʻrtogʻi — shu oliy oʻquv yurtining kimyo kafedrasi doktoranti Sardor Majidov.
Loyiha bosh injener-texnologi Sardor Majidovning aytishicha, oʻsmadan ekstraksiya usulida koʻk rangdagi «Indigo» boʻyogʻi olinadi va u matolarni boʻyashda qoʻllanadi. Kelgusida boʻyoq rangi turlarini yanada kengaytirish boʻyicha ham izlanishlar olib boriladi.
— Ushbu loyihani moliyalashtirish masalasi hal boʻlgan, — deydi Sirdaryo viloyati innovatsion rivojlanish boshqarmasi boshligʻi Azimjon Xolov. — Shuningdek, yangi korxona uchun joy ham ajratildi. Joriy va kelgusi yillar davomida Sirdaryo tumani innovatsion hududida yana 10 ta ana shunday noyob, import oʻrnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishga moʻljallangan loyihalar amalga oshiriladi.
Ahmadali SHERNAZAROV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring