Osiyolik “Temir xonim”. U qitʼa va jahon siyosatida qanday oʻzgarish qila oladi?

14:08 29 Iyul 2025 Dunyo
282 0

Arxiv foto

Soʻnggi paytlar jahon siyosiy maydonida Kim Yo Jong nomi koʻp tilga olinmoqda. Rasmiy maqomiga koʻra, Shimoliy Koreya Mehnat partiyasi Markaziy Qoʻmitasining rahbari sifatida qayd etilgan bu ayol Koreya Xalq Demokratik Respublikasi prezidenti Kim Chen Inning singlisi hisoblanadi. Janubiy Koreyalik tahlilchilar uni akasidan keyingi eng nufuzli shaxs sifatida eʼtirof etmoqda.

Kim Yo Jong 1987-yilning 26-sentyabrida Pxenyanda tugʻilgan. U Shveysariyaning Bern shahridagi xalqaro maktabda taʼlim olgan. Uning shaxsiyati oʻqish mobaynida sir saqlangan. Taʼkidlash kerakki, Jong Yevropada gʻarb madaniyati, ingliz va nemis tillarini chuqur oʻrgangan.

Shveysariyadan qaytgan Jong Pxenyandagi Kim Il Song universitetida oʻqiydi. Maʼlumot uchun, ushbu taʼlim muassasasi Koreya Xalq Demokratik Respublikasidagi eng nufuzli oliygoh hisoblanadi va yuqori lavozimdagi davlat amaldorlarini tayyorlaydi.

Uning siyosiy maydondagi faoliyati 2007-yildan boshlandi. Jong Koreya Xalq Demokratik Respublikasidagi hukmron partiya — Mehnat partiyasining ichki holatini nazorati qildi.

2014-yildan u xalqaro ommaviy axborot vositalarida oldida koʻrinish bera boshladi. Jong shu yildan Koreya Xalq Demokratik Respublikasi Axborot va propaganda departimenti direktori oʻrinbosari etib tayinlandi.

2018-yildan u tashqi siyosatda faol rol oʻynay boshladi. Aynan shu yili qoʻshni Janubiy Koreyada boʻlib oʻtgan qishki olimpiyada oʻyinlarida Jong Shimoliy Koreya delegatsiyasiga rahbarlik qildi. Bu holat Kim sulolasi vakilining Janubiy Koreya birinchi bor rasmiy tashrifi sifatida tarixga muhrlandi.

2020-yilda Jong Koreya Xalq Demokratik Respublikasi Markaziy qoʻmitasi vitse-prezidenti etib tayinlandi. Koʻplab tahlilchilarning fikriga koʻra, u Janubiy Koreya va Amerika Qoʻshma Shtatlari bilan aloqalar boʻyicha siyosiy rahbar sifatida ham faoliyat yuritayotgani aytilmoqda.

2024-2025-yillarda uning siyosiy maydondagi nufuzi juda ham oshib ketdi. Jong mamlakat nomidan Janubiy Koreya va AQSHga qarata keskin bayonotlar berdi. Soʻnggi vaqtlarda u AQSH prezidenti Donald Tramp maʼmuriyatini koʻp tanqid qildi va Koreya Xalq Demokratik Respublikasi yadroviy dasturidan hech qachon voz kechmasligi haqida baralla aytdi.

Jong akasi Kim Chen Inning siyosiy qarorlarini ishlab chiqishda muhim rol oʻynaydi, lekin jamoatchilikka bu doim ham maʼlum qilinmaydi.

Jongning siyosiy uslubi haqida gap borsa, uni hissiyotlardan holi, tahdidli va sovuq diplomat qiyofasida koʻrish mumkin. AQSHga qaratilgan bayonotlarda u tez-tez “ahmoqona”, “masxara”, “ikkiyuzlamachi” kabi soʻzlardan foydalanmoqda. Bu esa uning xalqaro musobaqalarda qanchalik keskin inson ekanini ifodalaydi.

Koʻplab taniqli nashrlar Jongni “Temir xonim” deb atashadi. Siyosiy tahlilchilar esa uni Koreya Xalq Demokratik Respublikasining yangi rahbari sifatida koʻrishmoqda.

Muhammadamin Zuhriddinov tayyorladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер