Osiyoda Jahon chempionati saralashining soʻnggi oʻyini yakunlandi
Bugun, 18-noyabr kuni Osiyo mintaqasida Jahon chempionati saralashining soʻnggi oʻyini boʻlib oʻtdi. Unda Iroq terma jamoasi oʻz maydonida Birlashgan Arab Amirliklari milliy jamoasini qabul qildi.
Ushbu jamoalar oʻrtasidagi dastlabki oʻyin 1:1 hisobidagi durang natija bilan yakunlangan edi. Shu boisdan qitʼalararo pley-off taqdirini ushbu oʻyin hal qilardi.
Mazkur bahsda hisob 52-daqiqada ochildi. “Al-Sharja” futbolchisi Kaio BAA termasini hisobda oldinga olib chiqdi. Oradan 14 daqiqa vaqt oʻtib, Muxannad Ali hisobni tenglashtirdi.
Hakam tomonidan asosiy vaqtga qoʻshib berilgan 17-daqiqada mezbonlar penalti tepish imkoniyatiga ega boʻldilar. Ushbu imkoniyatdan Amir Al-Ammariy aniq foydalanib, jamoasiga gʻalaba keltirdi.
Shu tariqa 2 oʻyin natijasiga koʻra, 3:2 hisobida gʻalaba qozongan Iroq terma jamoasi Jahon chempionati saralashining qitʼalararo pley-offida Osiyo nomidan ishtirok etadigan boʻldi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Toshkentdagi Xalqaro kongress markazida Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh Assambleyasi boʻlib oʻtmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring