Osiyo chempionatida kurashadigan sportchilarimiz tarkibi maʼlum boʻldi
Joriy yilning 19-24-aprel kunlari Moʻgʻuliston poytaxtida sport kurashlari boʻyicha Osiyo chempionati boʻlib oʻtadi. Qitʼamizning eng kuchli polvonlarini jamlaydigan musobaqada hamyurtlarimiz ham ishtirok etishadi.
Oʻzbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi qitʼa birinchiligida mamlakatimiz sharafini himoya qiladigan atletlarimiz nomini maʼlum qildi. Unda Rio — 2016 sovrindori Ixtiyor Navroʻzov, shuningdek, Moʻminjon Abdullayev, Rustam Assakalov, Aram Vardanyan, Gʻulomjon Abdullayev kabi polvonlarimizni uchratish mumkin. Toʻliq tarkib esa quyidagicha:
Erkin kurash:
-57 kg: Gʻulomjon Abdullayev
-61 kg: Jahongirmirza Turobov
-66 kg: Abbos Rahmonov
-70 kg: Begijon Kuldashev
-74 kg: Ixtiyor Navroʻzov
-79 kg: Jasurbek Usmonohunov
-86 kg: Bobur Islomov
-92 kg: Ajiniyaz Saparniyazov
-97 kg: Muhammadrasul Rahimov
-125 kg: Sardorbek Xolmatov
Yunon-rum kurashi:
-55 kg: Jasurbek Ortiqboyev
-60 kg: Feruz Toʻxtayev
-63 kg: Islomjon Bahromov
-67 kg: Mahmud Baxshulloyev
-72 kg: Mirzobek Rahmatov
-77 kg: Aram Vardanyan
-82 kg: Muhammadqodir Rasulov
-87 kg: Rustam Assakalov
-125 kg: Moʻminjon Abdullayev
Ayollar kurashi:
-50 kg: Jasmina Immayeva
-53 kg: Aktenge Keunimjayeva
-55 kg: Sarbinaz Jiyenbayeva
-57 kg: Shohida Ahmedova
-59 kg: Dilfuza Aimbetova
-62 kg: Nabira Esenbayeva
-65 kg: Ariuxan Jumabayeva
-68 kg: Azoda Esbergenova
-72 kg: Svetlana Oknazarova
-76 kg: Valentina Toreniyazova
Terma jamoamiz hozirda poytaxtimizdagi “Dinamo” sport bazasida soʻnggi tayyorgarlikni olib bormoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring