Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligiga yangi vakolat berilmoqda – qonun loyihasi
Foto: Qonunchilik palatasi matbuot xizmati
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqildi. Bu haqda palataning matbuot xizmati xabar berdi.
Ushbu qonun loyihasi bilan karantin ostidagi mahsulotlarni zararsizlantirish (fumigatsiya) faoliyatini litsenziyalash tartibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanishi, litsenziyalash bilan bogʻliq vakolatlar esa Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligiga beriladi.
Bundan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqilayotgan karantin ostidagi mahsulotni zararsizlantirish (fumigatsiya) faoliyatida raqobat muhitini shakllantirish va mazkur tadbirlarning samaradorligini oshirish ham koʻzda tutilmoqda.
Shuningdek, fumigatsiya faoliyatining atrof-muhitga va fumigatsiya qilinayotgan mahsulotga taʼsiri kam boʻlgan usullarini joriy qilish maqsadida fitosanitar zararsizlantirish xizmatlarini xususiy sektorga oʻtkazish nazarda tutilmoqda.
Deputatlarning fikricha, qonun loyihasining qabul qilinishi karantin osti mahsulotlarini fitosanitar zararsizlantirish faoliyatining samaradorligini oshirishga, xususan, fitosanitar zararsizlantirishning yangi usullarini joriy qilishga, jismoniy va yuridik shaxslarning hayoti, sogʻligʻi hamda atrof-muhitga boʻlgan taʼsirini boshqarishga xizmat qiladi.
Avvalroq, Urganch shahrida 2,9 milliard soʻmlik noqonuniy dori vositalari aniqlangandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring