O‘shda 43 nafar maktab o‘quvchisi atirdan zaharlandi

12:35 30 Mart 2023 Dunyo
1005 0

Illyustrativ foto

Qirg‘izistonning O‘sh viloyati Qora-suv tumani Toshtak qishlog‘ida 43 nafar maktab o‘quvchisi atir hididan zaharlandi. Bu haqda Qirg‘iziston Ta’lim va fan vazirligi ma’lumotlariga tayanib Sputnik Qirg‘iziston nashri xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 6-sinf o‘quvchisi maktabga muddati o‘tgan atir ko‘tarib kelgan va “sho‘xlik qilish niyatida” sinf xonasiga sepgan. Shundan so‘ng uning sinfdoshlari o‘zini yomon his qilishni boshlagan. Ular zudlik bilan O‘sh viloyat bolalar shifoxonasiga yotqizilgan.

Dastlabki tashxisga ko‘ra, bolalar noma’lum moddadan zaharlangani aytilgan. Shifokorlar 18 nafar o‘quvchi kuzatuv ostida qolishlari kerak degan qarorga kelgan va ular kasalxonaga yotqizilgan. Keyinroq o‘tkazilgan tekshiruvlardan so‘ng ularning 14 nafariga shifokorlar javob berishgan. To‘rt nafari davolanish uchun shifoxona qolgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер