Ortiqcha va qonun hujjatlariga zid ravishda notoʻgʻri undirilgan 8,3 mlrd. soʻmlik komissiya va toʻlovlarni mijozlarga qaytarib berilishi taʼminlandi
Joriy yil tijorat banklarida oʻtkazilgan oʻrganishlar natijalariga asosan 3235 ta holatda ortiqcha va qonun hujjatlariga zid ravishda notoʻgʻri undirilgan 8,3 mlrd. soʻmlik komissiya va toʻlovlarni mijozlarga qaytarib berilishi taʼminlandi.
Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda Markaziy bank boshqarma boshligʻi oʻrinbosari Shohruz Berdiyev ishtirokida maʼlum qildi.
Shu yilning iyul oyiga qadar bank xizmatlari isteʼmolchilari tomonidan Markaziy bankka yuborilgan 922 ta murojaatlarda koʻtarilgan masalalarni oʻrganish jarayonida 65 nafar isteʼmolchiga jami 5,1 mlrd. soʻm miqdorida moliyaviy naf keltirildi.
Jumladan:
3,1 mlrd. soʻm (52 ta holatda) miqdorida ortiqcha hisoblangan kredit toʻlovlari va asossiz ravishda undirilgan mablagʻlar qaytarildi va qayta hisob-kitob qilindi;
1 mlrd. soʻm (5 ta holatda) miqdorda omonat va hisobvaraq xizmatlari boʻyicha moliyaviy naf keltirildi;
1 mlrd. soʻmlik (8 ta holatda) kredit mablagʻlari tuzilgan shartnoma shartlarida belgilangan tartibda ajratilishiga amaliy yordam koʻrsatildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
- Oʻzbekistonning Gʻazodagi vaziyatga nisbatan hozirgi aniq pozitsiyasi qandayligi aytildi
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Oʻzbekistonga nechta davlatdan turistlar kelayotgani ochiqlandi
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring