Ortda qolgan 8 oy davomi qariyb 20 trillion soʻmlik ichimlik ishlab chiqarilgan

15:08 10 Oktyabr 2025 Jamiyat
283 0

2025-yilning yanvar–avgust oylarida Oʻzbekistonda 19,7 trillion soʻmlik ichimliklar ishlab chiqarilgan. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.

Hududlar kesimida ichimliklar ishlab chiqarish hajmi quyidagicha taqsimlangan:

  • Toshkent shahri – 12,3 trillion soʻm;
  • Toshkent viloyati – 3,3 trillion soʻm;
  • Xorazm viloyati – 1,7 trillion soʻm;
  • Namangan viloyati – 892,7 milliard soʻm;
  • Samarqand viloyati – 400,2 milliard soʻm;
  • Buxoro viloyati – 291,4 milliard soʻm;
  • Qoraqalpogʻiston Respublikasi – 279,8 milliard soʻm;
  • Qashqadaryo viloyati – 135,3 milliard soʻm;
  • Fargʻona viloyati – 119,6 milliard soʻm;
  • Andijon viloyati – 101,3 milliard soʻm;
  • Surxondaryo viloyati – 86,2 milliard soʻm;
  • Sirdaryo viloyati – 59,8 milliard soʻm;
  • Jizzax viloyati – 44,4 milliard soʻm;
  • Navoiy viloyati – 17,3 milliard soʻm.

Qoʻmita maʼlumotlariga koʻra, ushbu koʻrsatkich 2024-yilning mos davriga nisbatan 3,8 foizga oshgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер