“O‘rta Osiyo Trans” AJning 51 foiz davlat ulushi “Hyper Partners”ga sotildi

13:03 20 Iyun 2023 Iqtisodiyot
1201 0

Tegishli xususiylashtirish dasturlariga muvofiq, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi “O‘rta Osiyo trans” AJ ustav kapitalidagi 51,0 foiz davlat aksiya paketini 65 mlrd.so‘mga “Hyper Partners” MCHJ XK (keyingi o‘rinlarda - Xaridor)ga sotish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Bu haqda Davaktiv rasmiy saytida ma’lum qilingan.

Sotuv jarayonida Merritz yuridik firmasi boshchiligidagi kompaniyalar konsorsiumi xususiylashtirish bo‘yicha konsultant vazifasini bajardi. Konsultantning tavsiyasiga asosan 2 ta talabgorlar xususiylashtirish jarayonining keyingi Majburiyatga ega bo‘lgan takliflar (BO) qabul qilish bosqichiga o‘tkazilgan.

Shunga ko‘ra, kelib tushgan Majburiyatga ega bo‘lgan takliflarni (BO) belgilangan malaka mezonlariga muvofiqligi, mintaqadagi ish faoliyati, Bitimni yopish shartlari va Korxonaning baholangan qiymatidan yuqoriligi bo‘yicha eng yaxshi xarid qiymatini taqdim etgan “Hyper Partners” MCHJ XK savdo natijalari bo‘yicha g‘olib deb topildi.

Xususiylashtirish bo‘yicha konsultant sifatida jalb qilingan “Merritz” halqaro kompaniyasining 2023 yil 7 iyundagi xatiga muvofiq, “Hyper Partners” MCHJ XK va uning tegishli shaxslaridan hech biri Yevropa Ittifoqi va AQSHning, shuningdek yirik xalqaro moliya institutlarining sanksiyalari ro‘yxatiga kiritilmaganligi to‘g‘risida tegishli xulosa taqdim etilgan.

Ma’lumot uchun: “Hyper Partners” MCHJ tomonidan kelgusida Korxonaning faoliyatini saqlash, shu bilan birgalikda Yevropa, Xitoy Xalq Respublikasi va Markaziy Osiyo davlatlari orqali harakatlanuvchi transport logistika faoliyatini tashkil etish, rivojlantirish va kengaytirish, jamiyatga tegishli yer maydonida yangi zamonaviy bojxona terminali hamda ko‘p qavatli avtoturargoh qurish ko‘zda tutilgan.

“O‘rta Osiyo Trans” transport korxonasi 1992 yilda tashkil etilgan, keyinchalik 1995 yilda davlat aksiyadorlik kompaniyasi va 1998 yilda “O‘rta Osiyo Trans” AJ sifatida qayta tashkil etilgan, Korxona yuk avtomobillari bilan eksport-import, tranzit va Respublika ichidagi yuklarni (asosan paxtadan tayyor mahsulotlar, oziq ovqat, uskunalar, qurilish materiallari, qog‘oz, tekstil va trikotaj mahsulotlari va x.k) tashishni tashkil etish ishlarini amalga oshiradi, ustav kapitali 1,484 mlrd. so‘m tashkil etadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?