Oromgoh yana bolalarni oʻziga chorladi
Jahongir BOYMURODOV/“Xalq soʻzi”. Shahrisabz tumanida yangidan taʼmirlanib, zamonaviy qiyofa kasb etgan “Gulnora” bolalar sogʻlomlashtirish oromgohi foydalanishga topshirildi. Shu munosabat bilan tashkil etilgan tantanali tadbirda viloyat, tuman hokimliklari, Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi masʼullari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Hisor togʻ tizmalari bagʻridagi soʻlim va bahavo maskanda joylashgan ushbu oromgoh oʻta taʼmirtalab ahvolga kelib qolgani bois bir necha yildan buyon faoliyat koʻrsatmayotgan edi.

Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tashabbusi bilan 2022-yilda oromgohni qayta taʼmirlashga kirishildi. Oʻtgan 3 yil davomida bu maskanda zamonaviy yotoqxonalar, oshxona, kutubxona, sport maydonchalari va ochiq sahnalar barpo etildi. Har smenada 200 nafardan, mavsum davomida esa 800 nafar oʻgʻil-qizlarning maroqli hordiq olishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratildi.

Oromgoh yana bolajonlarni oʻz bagʻriga oldi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
- Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida qisqa fursatga toʻxtagan Italiya Respublikasi Bosh vaziri Jorja Meloni bilan uchrashuv oʻtkazdi
- Shimol yogʻdusi — moʻjiza emas dahshat. Quyoshda X toifali kuchli chaqnash sodir boʻldi
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring