“Orol”da madaniyat markazi ish boshladi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yana-da rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini taʼminlash borasida Andijon viloyatida ham bir qancha ishlar amalga oshirilyapti. Jumladan, Andijon tumani hokimligi madaniyat boʻlimiga qarashli “Orol” madaniyat markazi qayta taʼmirlanib, foydalanishga topshirildi.
— Bu binoning foydalanishi birinchidan, hududdagi isteʼdod egalarini kashf etib, ularning sanʼatini rivojlantirishga xizmat qilsa, ikkinchidan, aholining madaniy xordiq olishlari uchun imkoniyat yaratadi, — deydi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi Matlubaxon Gʻaniyeva. — Qolaversa, farzandlarimiz oʻzlarining boʻsh vaqtlarida bu yerda yaratilgan sharoitlardan unumli foydalanishlari mumkin.
Markazda 200 oʻrinli tomosha zali, 5 ta toʻgarak xonasi, 1 ta kutubxona mavjud boʻlib, hozirda “Nihol” bolalar folklor ansambli, 2 ta “Ashula” toʻgaragi faoliyat koʻrsatmoqda. 40 nafardan ortiq havaskorni qamrab olgan markazda kelgusida “Rassomchilik”, “Ashula”, “Rubob”, “Doira”, “Raqs”, “Zakovat klubi” kabi toʻgaraklar faoliyati yoʻlga qoʻyilishi natijasida mashgʻulot ishtirokchilarining soni 400 nafarga yetishi koʻzda tutilgan.
Saminjon HUSANOV,
“Xalq soʻzi” muxbiri.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring