Organik mahsulot yetishtirishda biolaboratoriyalarning ahamiyati katta
Foto: Samarqand viloyat Oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasi axborot xizmati
Bugungi kunda qishloq xoʻjaligida organik mahsulot yetishtirishda biolaboratoriyalarni ahamiyati katta ekanligiga alohida urgʻu berilmoqda.
Biolaboratoriya faoliyatini tashkil etishning ham oʻziga yarasha qonun qoidalari bor. U yerda ishlayotgan har bir ishchi xodimdan katta masʼuliyat va tajriba talab etiladi. Hademay biolaboratoriyalarda yetishtirilayotgan hasharotlarni dalalarga qoʻyish jarayonlari ham boshlanadi. Shu boisdan, ushbu jarayonlarni toʻgʻri tashkil etish qoidalari hamda biolaboratoriyalarda entomofaglarni sifatli koʻpaytirish texnologiyalari, oʻsimliklarni himoya qilishning biologik tizimini shakllantirish va har bir mahalla xonadonida biomahsulotlarni yetishtirishni tashkil etish, shu bilan birga aholi bandligini taʼminlash bugungi kunning dolzarb vazifasi boʻlmoqda.
Shu maqsadda Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi xodimlari Sh. Qoʻchqarov, R. Moʻminov hamda N. Hamrayev, Oʻsimliklar himoyasi va karantini ilmiy tadqiqot instituti direktori oʻrinbosari O. Sulaymonov, Samarqand viloyat Oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasi vakillari, Oqdaryo tuman inspektorlari ishtirokida Oqdaryo tumanida joylashgan namunali “Biometod” xususiy biolaboratoriyasi va “Afrosiyob biomahsulot” MCHJ faoliyati bilan yaqindan tanishishdi.
Soha masʼullari oʻsimlik zararkunandalari va kasalliklariga qarshi biologik mahsulotlar bilan kurashishni keng qoʻllash maqsadida ayni vaqtda biolaboratoriyada oltinkoʻz va trixogramma entomofaglari yetishtirilayotgan jarayonlar bilan tanishib, ularning foydali xususiyatlari va afzalliklari, iqtisodiy jihatdan tejamkorlik tomonlari, biolaboratoriyaning shart-sharoitlari, yaʼni, moddiy texnik bazani kuchaytirish, gektarlab maydonlar uchun parvarish qilinayotgan entomofaglar, fermer xoʻjaliklari bilan tuzilgan shartnomalar haqida maʼlumotlar almashindi.
“Biometod” xususiy biolaboratoriyasi 124 ta fermer xoʻjaligiga, “Afrosiyob biomahsulot” MCHJ esa 81 ta fermer xoʻjaligiga shartnoma asosida biologik mahsulotlar yetkazib bermoqda. Biolaboratoriyalarda aprel oyidan oltinkoʻz entomofagini chiqarish uchun tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.
Tadbir doirasida tumandagi “Mustaqillik”, “Oqdaryo” va “Yangi ravot-1” MFYlari aholisi oʻrtasida seminarlar ham tashkil etildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring