Oqqula qishlogʻida “Tashabbusli byudjet” doirasida sunʼiy qoplamali stadion barpo etildi
Nurota tumanining Oqqula qishlogʻi azaldan kurashga ishtiyoqli, pushti poydor polvonlari bilan nom chiqargan. Ularning koʻpchiligi mahalliy sharoitda — uy toʻylari, davralar va turli marosimlarda bellashib, mahorat va chaqqonligini takomillashtirib kelgan. Boisi, qishloqda ham, yaqin atrofdagi hududlarda ham tuzukroq sport maydonchasi mavjud emas edi.
— “Tashabbusli byudjet” loyihasi tufayli qishlogʻimizda koʻp yillik muammolarga yechim topilmoqda, — deydi mehnat faxriysi Xolmirza Muhammadiyev. — Ilgari loyiha doirasida qishlogʻimizga ichimlik suvi tarmoqlari tortilib, soʻngra elektr taʼminotidagi uzilishlarga barham berish maqsadida transformator almashtirildi.
Yaqinda Oqquladagi 12-umumtaʼlim maktabi hududida sunʼiy qoplamali stadion foydalanishga topshirildi. Qishloq ahlini birlashtirgan ushbu loyiha yangi sport maydoniga aylanib, yoshlarni sogʻlom turmush va sportga jalb etishda muhim omilga aylanmoqda. Ochilish marosimida soʻz olganlar stadionning barpo etilishi Oqqulada infratuzilma yaxshilanishining navbatdagi bosqichi ekanini taʼkidlab, yosh sportchilar mazkur imkoniyatni munosib natijalar bilan oqlashlariga ishonch bildirishdi.
Temur ESHBOYEV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring