Oqova suv nazorati: Qoidabuzarlikka chek qoʻyildi
Andijon viloyatida atrof-muhitni muhofaza qilish, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarining barqaror ishlashini taʼminlash hamda oqova suv bilan bogʻliq qonunchilik talablariga rioya etilishini nazorat qilish maqsadida hududiy qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan tizimli tadbirlar olib borilmoqda. Navbatdagi nazorat jarayonlarida oqova suv tarmoqlaridan foydalanish qoidalariga zid holat aniqlandi.

Inspeksiya xodimlari Andijon shahrida oʻtkazgan oʻrganishlar davomida “Nodirabegim” mahalla fuqarolar yigʻini hududidagi Mashrab koʻchasida faoliyat yuritayotgan “Mahdiya mobi max” masʼuliyati cheklangan jamiyati ish faoliyatini tekshirdi. Oʻrganish jarayonida tayyor oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishda hosil boʻladigan oqova suv belgilangan meʼyorlardan ortiq ifloslanish konsentratsiyasi bilan markazlashgan oqova suv tarmoqlariga oqizilayotgani, shuningdek, ularni oldindan tozalash boʻyicha zarur texnologik choralar yetarli darajada amalga oshirilmagani maʼlum boʻldi.
-Aniqlangan qoidabuzarlik holati yuzasidan tashkilot rahbariga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 163¹-moddasiga muvofiq 4 million 120 ming soʻm miqdorida maʼmuriy jarima qoʻllanildi,-deydi inspeksiya shoʻba boshligʻi Nodirbek Rustamov. -Shu bilan birga, oqova suvni normativ talablarga mos holatga keltirish va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha majburiy koʻrsatmalar berildi.

Maʼlum qilinishicha, joriy yil davomida ushbu yoʻnalishda jami 77 ta tekshiruv oʻtkazilib, 59 ta holatda tegishli choralar koʻrilgan, shundan 27 tasi huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan. Inspeksiya tomonidan oqova suv bilan bogʻliq qonunchilik talablariga rioya etilishini taʼminlashga qaratilgan nazorat tadbirlari belgilangan reja asosida izchil davom ettirilmoqda.
Xumoyunjon SODIQJONOV, jurnalist.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- Tabiat va sivilizatsiya uyg‘unlashgan shahar – Syurixdan fotoreportaj
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring