Oʻqituvchi attestatsiyadan oʻta olmasa malaka toifasidan tushirilishi rostmi?
Men maktabda dars beraman. Pensiya yoshidagi oʻqituvchiman, menga oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari agar attestatsiyadan oʻtmasam toifam tushirilishini aytyapti. Aytingchi shu toʻgʻrimi? Ushbu savolga Xalq taʼlimi vazirligi javob berdi.
«Yoʻq, notoʻgʻri. Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar va maktabdan tashqari taʼlim muassasalarining pensiya yoshida boʻlgan pedagog kadrlari attestatsiyaga oʻz xohishiga koʻra jalb etiladi. Mazkur tartib Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 392-sonli “Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar va maktabdan tashqari davlat taʼlim muassasalari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi Qaroriga ilova bilan tasdiqlangan Nizomning 7-bandida belgilab qoʻyilgan.
Attestatsiyaga jalb etilmagan pedagog kadrlarning mavjud malaka toifalari va lavozimlari taʼlim muassasalarida ishlagan davrida saqlanib qolinadi», deyiladi vazirlik axborotida.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring