Oʻqitish, oʻrganish va ilmiy tadqiqot uygʻunligi talaba hamda oʻquvchilarga nima beradi?
Foto: TXVU Axborot xizmati
Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universitetida (TXVU) “Oʻqitish, oʻrganish va ilmiy tadqiqot uygʻunligi – talaba va oʻquvchilar muvaffaqiyati omillari”, mavzuida 4-Xalqaro taʼlim va tilshunoslik konferensiyasi tashkil etildi.
Oʻtgan toʻrt yil mobaynida, mazkur anjuman mahalliy va xalqaro oʻqituvchilarni, oʻquv dasturlari va adabiyotlari mualliflarni, chet tillarni baholash tashkiloti mutaxassislarini, nashriyot xodimlari, magistratura va doktorantura talabalarini birlashtiruvchi haqiqiy xalqaro tadbirga aylandi.
— Bu kabi tadbirlar talabalarning ilm olishdagi muvaffaqiyat omilini belgilovchi taʼlimdagi soʻnggi yangiliklar va innovatsiyalar borasida chuqur tushunchaga ega boʻlish imkonini beradi, — deydi TXVU rektori Bahrom Mirqosimov. — Shuningdek, konferensiya oʻqituvchilarning professional rivojlanishiga katta hissa qoʻshadi.
Anjumanda soʻzga chiqqan Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligining favqulodda va muxtor elchisi Timoti Torlot bir necha tillarni oʻrganishdagi oʻz hayotiy tajribasi bilan oʻrtoqlashib, bugungi kun innovatsion texnologiyalari bu jarayonni ancha osonlashtirganini taʼkidlab oʻtdi. Til oʻrgatish boʻyicha nufuzli TESOL tashkiloti prezidenti, professor Joys Kling, Buyuk Britaniyaning Uorik universiteti Amaliy lingvistika kafedrasi professori Entoni Liddikot, Bilimlarni baholash boʻyicha loyihalar menejeri, Britaniya kengashi aʼzosi Aidan Xolland hamda Ingliz tilini oʻqitish (ELT) boʻyicha maslahatchi va oʻqituvchilarni malakasini oshirish boʻyicha trener, MM Publications xodimi Kristofer Vasiliu ham oʻz tajribalari bilan boʻlishdi.
Konferensiyada Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim”, deb eʼlon qilingan dasturda belgilangan tashabbuslarni hayotga tatbiq etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ham maʼlumot berildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring