Oʻqishni koʻchirish uchun onlayn ariza qabul qilish 15-iyuldan boshlanadi

14:10 28 Iyun 2025 Jamiyat
351 0

Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq, joriy yilning 15-iyulidan 5-avgust kuniga qadar oʻqishni koʻchirish uchun hujjatlar qabuli onlayn shaklda boʻlib oʻtadi.

Xorijdan va xususiy oliygohlardan davlat OTMlariga oʻqishni koʻchirish uchun my.uzbmb.uz sayti orqali pasport maʼlumotlaringizga va transkript yuklaysiz. Hujjatlar qabuli yakunlangan, shu yilning avgust oyida oʻqishni koʻchirish imtihoni boʻlib oʻtadi.

Shuningdek, bir davlat oliygohidan boshqasiga oʻqishni koʻchirish yoki tiklab koʻchirmoqchi boʻlgan talabalar transfer.edu.uz sayti orqali onlayn ariza topshiradi. Pasport hamda uzrli sababni asoslovchi hujjatlarni yuklaysiz (nikoh guvohnomasi, yashash guvohnomasi, ish joyi oʻzgargani haqida tavsiyanoma v.k. sababga koʻra). Bunda imtihon topshirilmaydi, arizalar tegishli hujjatlarni koʻrib chiqish orqali xulosa qilinadi.

Bundan tashqari, oliygohning oʻzida oʻqishni tiklash, boshqa yoʻnalish yoki guruhga koʻchirish kabi arizalar transfer.edu.uz yoxud OTM tomonidan oflayn arizalar olib qolish orqali amalga oshiriladi.

Maʼlumot uchun, bir davlat OTMdan boshqa davlat OTMga oʻqishni koʻchirish faqat 2 ta holatda ruxsat beriladi:

  • talaba oila qursa va turmush oʻrtogʻi doimiy yashaydigan hududdagi OTMga koʻchmoqchi boʻlsa;
  • davlat xizmatchisi ish yuzasidan boshqa hududga koʻchsa va turmush oʻrtogʻi yoki voyaga yetmagan farzandining oʻqishini oʻsha hududga koʻchirmoqchi boʻlsa (ishga kirgan vazirlik xati asosida).

Xorijdan oʻqishni koʻchirmoqchi boʻlganlar mos va turdosh yoʻnalishga test yoki ijodiy imtihon topshiradi hamda oʻtish balini toʻplash talab etiladi. Oʻtish balini toʻplay olmagan talabalarga super-kontrakt shartlari asosida oʻqishini koʻchirishga ruxsat beriladi.

Oʻzbekistondagi xorijiy va nodavlat OTMlardan oʻqishni koʻchirishmoqchi boʻlgan talabalar mos va turdosh yoʻnalishga test yoki ijodiy imtihon topshiradi hamda oʻtish balini toʻplash talab etiladi. Oʻtish balini toʻplay olmagan talabalarga, super-kontrakt shartlari asosida oʻqishini koʻchirishga ruxsat etiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер