Oʻqishni koʻchirish boʻyicha arizalarni qabul qilish boshlandi

20:22 15 Iyul 2025 Jamiyat
184 0

Xorijiy va nodavlat oliy taʼlim muassasalaridan oʻqishni koʻchirish boʻyicha arizalarni qabul qilish boshlandi. Bu haqda Bilim va malakalarni baholash agentligi xabar berdi.

Agentlikning maʼlum qilishicha, talabalar oʻqishini quyidagi oliy taʼlim tashkilotlaridan davlat oliy taʼlim muassasalarining mos va turdosh taʼlim yoʻnalishlariga koʻchirish boʻyicha arizalarni onlayn qabul qilish boshlandi:

  • xorijiy mamlakatlarda faoliyat yuritayotgan oliy taʼlim tashkilotlaridan;
  • Oʻzbekistondagi nodavlat oliy taʼlim tashkilotlaridan;
  • xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarining Oʻzbekistondagi filiallaridan.

Xorijiy davlatlardan oʻqishni koʻchirish boʻyicha arizalarni qabul qilish bugun, 15-iyuldan 5-avgustga qadar my.uzbmb.uz saytining «Oʻqishni koʻchirish (xorijiy va nodavlat)» boʻlimi orqali amalga oshiriladi.

Bunda talabalar oʻqishini xorijiy mamlakatlarda faoliyat yuritayotgan oliy taʼlim tashkilotlaridan davlat OTMlarining mos va turdosh boʻlmagan taʼlim yoʻnalishlariga koʻchirishga ruxsat etilmaydi.

Oʻzbekistondagi davlat oliy taʼlim muassasalariaro oʻqishni koʻchirish boʻyicha arizalar Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining transfer.edu.uz sayti orqali qabul qilinadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер