Oʻqishga kiritib qoʻyish va oʻqishni koʻchirib berish bilan bogʻliq firibgarlik holatlari fosh etildi
Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shayxontohur tuman boʻlimi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro F.S. boshqa bir fuqaro F.ni goʻyoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga oʻqishga kiritib qoʻyishi evaziga firibgarlik yoʻli bilan 3 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, Departamentning Sirdaryo viloyat boshqarmasi hamda Shirin shahar boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro F.M. boshqa bir fuqaro S.ni qoʻshni Qozogʻiston Respublikasidagi universitetda oʻqiganligi toʻgʻrisida hujjat tayyorlab, Guliston davlat universitetiga oʻqishini koʻchirib berishi evaziga 1 500 AQSH dollari talab qilib, shundan 1 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Departament hamda DXXning Bekobod shahar boʻlimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda esa, fuqaro I.X. tanishlari yordamida boshqa bir fuqaro J.ning oʻqishini qoʻshni Tojikiston Respublikasidagi institutdan Toshkent moliya institutiga oʻtkazib berish evaziga 3 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring