Oqdaryoda “Bir mahalla – bir mahsulot” tamoyili yaxshi samara bermoqda
Oqdaryo tumanining 35 ta mahallasidagi 33 ming 691 ta xonadonda 4047 gektar tomorqa yer maydoni boʻlib, turli qishloq xoʻjalik mahsulotlari yetishtiriladi. “Bir mahalla — bir mahsulot” tamoyili asosida mahallalarning 12 tasi sabzavotchilik, 6 tasi kartoshkachilik va 13 tasi bogʻdorchilik yoʻnalishlariga ixtisoslashgan.
Tomorqada mehnat qilib ham moʻmay daromad topish mumkinligini tumanning Oytamgʻali mahallasida yashovchi tomorqachilar amalda koʻrsatishyapti. Chunki ular bir qarich yerdan ham unumli foydalanishga harakat qiladi. Oytamgʻali mahallasining Pilol qishlogʻida aholi tomorqalari kuz va qish oylarida ham boʻsh turmaydi. Ular bu mavsumda, asosan, koʻkat va boshqa toʻqsonbosti ekinlar yetishtirish bilan shugʻullanadi.

Shu qishloqda yashovchi Nodir Yusupovni 12 sotixli tomorqasining 10,5 sotixi issiqxonalardan iborat. U dastlab 2012-yilda 3,5 sotix yerda issiqxona tashkil qilgan. Bu yerda qishin-yozin mahsulot yetishtirib, yiliga 3-marta moʻl hosil ola boshladi. U tomorqadan yaxshi daromad topish mumkinligini anglagach, ikki yil ichida qilgan daromadining roʻzgʻordan ortganini yigʻib, yana ikkita ana shunday issiqxona barpo etdi. Har biridan yiliga 30-40 million soʻmgacha foyda koʻryapti. Yaqinda bankdan kredit olib, 20 sotix yerda issiqxona qurishni rejalashtirmoqda. Pilol qishlogʻida bu kabi usta tomorqachilar koʻplab topiladi. Ular boshqalarga oʻrnak boʻlyapti.
Qishloq xoʻjaligida xizmatlar koʻrsatish agentligi tuman boʻlimi hamda Fermer, dexqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi tuman boʻlimi mutaxassislari tomonidan tomorqachilarga zarur yordamlar koʻrsatilmoqda. Ularga sifatli urugʻlar, ekinlar parvarishi uchun zarur oʻgʻitlar yetkazib berilishi va hatto hosil yigʻib olingach, mahsulotlarni sotuviga ham koʻmaklashiladi.
Furqat ALIQULOV,
Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi
Oqdaryo tuman boʻlimi bosh mutaxassisi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring