“Open byudjet”da targʻibot bosqichi boshlandi
Joriy yilning 8–10-mart kunlari “Tashabbusli byudjet” loyihasi doirasida saralashdan oʻtgan loyihalar uchun 3 kunlik targʻibot bosqichi oʻtkaziladi.
Bunda tashabbuskorlar oʻz loyihalarini tashviq qilish orqali ovoz berish bosqichiga tayyorgarlik koʻrishadi va gʻoliblar 21-mart kuni eʼlon qilinadi.
Taʼkidlash joiz, ovoz berish bosqichi 2024-yil 2-mavsumdan boshlab, 20 kundan 10 kunga qisqartirilgandi. Shu sababli, ovoz berish jarayonlariga tayyorgarlik koʻrish maqsadida targʻibot bosqichi amaliyotga joriy etilgan.
Avvalroq “Tashabbusli byudjet” doirasida tashkilotlar tomonidan barcha turdagi avtomobillar, jamoat xavfsizligini taʼminlashga oid uskunalar va rahbar xodimlar uchun mebel jihozlarini xarid qilish taqiqlangani haqida xabar qilgan edik.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring