Onalar sogʻligʻini himoya qilish uchun dori vositalari sifatini oshirish: parlament aʼzolarining roli
Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining (JSST) rasmiy saytida Senatning Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi raisi oʻrinbosari, Parlamentlararo ittifoqning Salomatlik masalalari qoʻmitasi aʼzosi Oral Ataniyazovaning homilador ayollarni kafolatlangan sifatli dori vositalari bilan taʼminlash masalalariga bagʻishlangan intervyusi joylashtirildi.
Intervyuda taʼkidlanganidek, joriy yilning aprel oyida senator О. Ataniyazova JSST va Parlamentlararo ittifoqning qoʻshma yigʻilishida ishtirok etgan, unda xavfsiz onalik va samarali dori-darmonlar isteʼmol qilish imkoniyati bilan bogʻliq muammolar muhokama qilingan.
Uchrashuv yakunlari boʻyicha ekspertlar bir qator mamlakatlarda ona va bola salomatligini muhofaza qilish uchun qoʻllaniladigan dori vositalarining katta qismi belgilangan sifat standartlariga javob bermasligini va koʻpincha onalar oʻlimining asosiy sabablaridan biriga aylanayotganini taʼkidlagan. Ayniqsa, bu muammo daromadlar past va oʻrta boʻlgan davlatlarda oʻta dolzarb boʻlib, ularda tibbiyot xodimlari hayotiy muhim dori-darmonlarning samaradorligiga har doim ham ishonch hosil qila olmaydi.
Senator intervyuda Oʻzbekiston sogʻliqni saqlash tizimidagi islohotlarda erishilgan yutuqlarga urgʻu berib, ular tufayli mamlakatimizda onalar oʻlimi darajasi muntazam pasayib borayotganini taʼkidlab oʻtgan. Uning soʻzlariga koʻra, homiladorlik va tugʻruq tabiiy fiziologik jarayon boʻlib, tibbiy xizmat toʻgʻri tashkil etilsa, onalar oʻlimi xavfini minimallashtirish mumkin.
Bunda butun dunyoda parlament aʼzolari sifatli dori-darmonlar isteʼmol qilish imkoniyatini shunchaki texnik vazifadan sogʻliqni saqlashda tenglik va inson salohiyatiga strategik investitsiyalar masalasiga aylantirib, ushbu muammoni hal qilishda hal qiluvchi rol oʻynashga qodir ekanligi qayd etilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring