Ona va bola salomatligi boʻyicha yangi markazning hududiy filiallarida qanday tibbiy xizmatlar koʻrsatiladi?
Prezidentimizning “Onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish, aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qaroriga muvofiq yangi tashkil etiladigan Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy filiallari:
xavf omillari aniqlangan ayollarni tibbiy tekshiruvdan oʻtkazadi, ularni davolaydi hamda zarur hollarda respublika darajasidagi tibbiyot muassasalariga yoʻnaltiradi;
nikohlanuvchilar, homilador va tugʻish yoshidagi ayollar hamda chaqaloqlarni molekulyar tibbiy-genetik tekshiruvlardan oʻtkazadi;
irsiy kasalliklar aniqlangan bolalarni maxsus dori vositalari va oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlaydi;
sogʻlom oilani rejalashtirish hamda istalmagan homiladorlikning oldini olish chora-tadbirlarini amalga oshiradi.
Shuningdek, Respublika perinatal markazi:
erta tugʻruq xavfi boʻlgan homiladorlarga, shuningdek, muddatiga yetmasdan (22-28 haftalik) tugʻilgan chaqaloqlarga barcha turdagi tibbiy xizmatlar koʻrsatadi;
alohida tibbiy koʻrsatmalarga asosan homiladorlar va chaqaloqlarga Markazning hududiy filiallarida konsultativ yordam beradi hamda zarur hollarda ularga tibbiy statsionar yordam koʻrsatadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Reuters: Asadning Moskvadagi tarafdorlari Suriyada qoʻzgʻolon rejalashtirmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring