Ona tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat imtihoni qachon oʻtkazilishi maʼlum boʻldi
Ona (oʻzbek, qoraqalpoq, rus) tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari 2026-yil 31-yanvar (shanba), 1-2-fevral (yakshanba, dushanba) va 7-8-fevral (shanba, yakshanba) kunlari oʻtkaziladi. Bu haqida Bilim va malakalarni baholash agentligi maʼlumot berdi.
Test sinovlarida ishtirok etuvchi talabgorlar ruxsatnomani “my.gov.uz” veb-saytidagi “Mening arizalarim” boʻlimi orqali yuklab olishlari mumkin boʻladi. Ruxsatnomada test sinovi oʻtkaziladigan sana, vaqt va manzil koʻrsatilgan boʻlib, talabgorlardan belgilangan vaqtda yetib kelishlari soʻraladi.
Test sinovi oʻtkaziladigan binolarga kirish:
- 1-smena: 07:00– 08:30
- 2-smena: 13:00 – 14:30
Shuningdek, talabgorlar test sinovi oʻtkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida kiritiladi. Belgilangan vaqtdan kechikkan talabgorlar: 1-smena uchun soat 08:30 dan, 2-smena uchun soat 14:30 dan keyin test sinoviga kiritilmaydi va ular uchun qoʻshimcha imtihon oʻtkazilmaydi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring