Oʻn bir kun ichida Bangladeshda AES qurilishida ishlayotgan besh nafar rossiyalik sirli ravishda hayotdan koʻz yumdi

Foto: @Syndroma3/Twitter
Soʻnggi oʻn bir kun ichida Bangladeshning Pabna provinsiyasida Atom elektr stansiyasi (AES) qurilishida ishlayotgan besh nafar rossiyalik sirli ravishda hayotdan koʻz yumgan. Mahalliy politsiyasi mazkur holatlar yuzasidan tergov boshladi.
Barcha halok boʻlganlar barpo etilayotgan “Ruppur” AESda ishlayotgan edi.
«48 yoshli Aleksey Barchenko 28-yanvar kuni Ishvardi shahri yaqinidagi tibbiyot markazida, 40 yoshli Aleksey Shakirov 2-fevral kuni uyqusida, 48 yoshli Pavel Shchukin esa toʻsatdan vafot etgan. U ham Barchenko bilan bita tibbiy muassasada davolanayotgan boʻlgan. Xuddi shu kuni 59 yoshli Vasiliy Tolmasov hayotdan koʻz yumgan. Uning jasadi AES qurilishida ishtirok etayotgan rossiyaliklar yashaydigan turar-joy majmuasida topildi. Va nihoyat, 6-fevral kuni 45 yoshli Aleksandr Vorotnikovning jonsiz tanasi ham xuddi shu yerda topilgan», deyiladi manbada.
Ishvardi politsiya boʻlimi boshligʻining aytishicha, oʻlganlarning jasadlarindan shubhali hech narsa topilmagan.
“Rossiyaliklardan biri yurak xastaligidan aziyat chekkan, ikkinchisi esa giyohvand moddalar isteʼmol qilgani aniqlangan. Biroq tergov davom etyapti”, deydi u.
«Rosatom» ham rossiyaliklarning oʻlimi haqidagi maʼlumotlarni tasdiqladi. Taʼkidlanishicha, ijtimoiy tarmoqlar va ommaviy axborot vositalarida AES xodimlarining oʻlimi sabablari toʻgʻrisida turli mish-mishlar paydo boʻlgan.
“Ayni paytda biz har bir oʻlim sabablarini aniqlash uchun ishlayotgan tergov guruhi bilan hamkorlik qilmoqdamiz”, deyiladi «Rosatom» bayonotida.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring