Ombudsman Shahrisabzda fuqarolar bilan ochiq muloqot oʻtkazdi

15:25 06 May 2023 Jamiyat
611 0

2023-yilning 5-may kuni Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumanidagi 17-sonli musiqa maktabida Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) tashabbusi bilan “Oʻzbekiston xalqchil va ijtimoiy davlatdir” mavzusida “Ombudsman maktabi” tadbiri oʻtkazildi.

“Ombudsman maktabi” tadbirida dastlab amaldagi va yangi tahrirdagi Mehnat Kodekslarining farqli tomonlari kiritilgan yangiliklar ularni qoʻllash mexanizmlari boʻyicha ishtirokchilarga batafsil maʼlumotlar berildi.

Tadbirda taʼkidlanishicha, Yangi Mehnat kodeksida mehnat taʼtilining eng kam davomiyligi 21 kalendar kundan iborat boʻladi. Xodimlar bitta  tashkilotda yoki sohadagi ish staji uchun qoʻshimcha taʼtil kunlariga ega boʻladilar. Xodimga ishlagan yillarining har bir 5 yili uchun 2, ammo bir ish yilida  jami 8 kundan oshmagan, qoʻshimcha taʼtil kuni taqdim etiladi. Shuningdek taʼkidlash joizki, foydalanilmagan taʼtil kuymaydi va xodim ish davrida yoki mehnat shartnomasini bekor qilishda  foydalanilmagan barcha taʼtillar uchun pulli kompensatsiya olishi mumkin.

Shuningdek, fuqarolar bilan boʻlgan ochiq muloqotda tarixiy qonun deya taʼriflanayotgan Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimini takomillashtirishga doir qonunning mazmun-mohiyati ochib berildi.

Tadbirda mazkur qonun bugungi kunda xotin-qizlar hamda voyaga yetmaganlarga nisbatan sodir etilayotgan turli xil zoʻravonlik holatlariga nisbatan qatʼiy jazo choralarini belgilash bilan bir qatorda bunday salbiy holatlarning oldini olishga qaratilgani alohida taʼkidlandi.

Shuningdek, mazkur qonun bilan oiladagi jinsiy zoʻravonlik, taʼqib qilish, shilqimlik, aliment toʻlashdan boʻyin tovlash uchun belgilangan jazo choralari, himoya orderi muddatini sud tomonidan 1 yil muddatgacha uzaytirilishi hamda oila va xotin-qizlar qoʻmitasi hamda uning hududiy boʻlinmalariga xotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida fuqarolik ishlari boʻyicha hamda maʼmuriy sudlarga bergan daʼvolar, arizalar va shikoyatlar yuzasidan davlat bojidan ozod qilingani haqida huquqiy tushunchalar berildi.

Ochiq muloqotda yoshlarni qoʻllab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar va imkoniyat va imtiyozlar haqida soʻz bordi.

Tadbirda soʻz olgan mahalla raislari inson huquqlarini taʼminlashda aholining huquqiy xabardorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarning muhimligiga eʼtibor qaratdi. Shuningdek, bu kabi tadbirlarni oʻtkazishda Ombudsman instituti bilan hamkorlikda ishlashga tayyor ekanliklarini bildirishdi.

Oʻzaro savol javob va erkin muloqot ruhida oʻtgan tadbirda navbatdagi Ombudsman maktablarida koʻtarilishi zarur boʻlgan sohalar boʻyicha ham takliflar olindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер