Ombudsman: xodimlarga oylik maoshlari oʻz vaqtida berilishi shart
Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakiliga (ombudsmanga) Jizzax viloyatining Forish tumanida yashovchi fuqaro H.A. tomonidan ish haqi berilmayotgani boʻyicha murojaat kelib tushdi.
Murojaat muallifining soʻzlariga koʻra, “Jizzax suv taʼminoti” MCHJning Forish tumani filiali xodimlariga uch oy davomida ish haqlarini bermasdan kelgan. Ishchilar oylik maoshlarini talab qilishganida esa tuman va viloyatdagi bosh hisobchilar tashkilot kredit olgani sababli shunday holat yuzaga kelgani tushuntiriladi.
Vaholanki, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 161-moddasida mehnatga haq toʻlash muddatlari jamoa shartnomasi yoki boshqa lokal normativ hujjatda belgilanadi va har yarim oyda bir martadan kam boʻlishi mumkin emasligi belgilangan.
Mazkur murojaat Ombudsman nazoratiga olingach, xodimlarning uch oylik maoshlari toʻlab berildi. Murojaatchining soʻzlariga koʻra, hozirda ishchilarga ish haqlari muddatidan kechiktirilmagan holda toʻlanmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring