Ombudsman: bemor mahbus va moddiy yordamga muhtoj fuqaro murojaatlari hal etildi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakilining (Ombudsmanning) Qashqadaryo viloyatidagi mintaqaviy vakili Murodulla Normuradovga Qarshi shahar 5-sonli tergov hibsxonasida saqlanayotgan mahbus S.H. sogʻligi yaxshi emasligi sababli shifoxonaga yotib davolanishni soʻrab murojaat qildi.
Uning yozishicha, avval yurak xuruji, infarkt kasalligini oʻtkazgan va tez-tez qon bosimi koʻtarilib ketadi. Mahbusning tibbiy holatidan kelib chiqib mintaqaviy vakilning tavsiyasi bilan u 23-son Mahkumlar uchun ixtisoslashgan kasalxonaga oʻtkazildi.
Shuningdek, Murodulla Normuradov Ombudsman tomonidan joyiga chiqib oʻrganish uchun yuborilgan Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani “Humo” MFYda yashovchi fuqaro M.O.ning moddiy yordam soʻrab qilgan murojaatini koʻrib chiqdi.
Murojaat oʻrganilganda haqiqatdan ham ushbu oila nochor ahvolda yashashi va moddiy yordamga muhtojligi aniqlandi. Mintaqaviy vakilning tavsiyasi bilan Chiroqchi tuman hokimiyati tomonidan murojaatchi M.O.ga “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi hisobidan 1 mln. soʻm moddiy yordam ajratildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring