Oltinoy Sotimboyeva kumush medalga sazovor boʻldi

22:10 01 Mart 2026 Sport
775 0

Maʼlumki Bolgariyaning Sofiya shahrida “Strandja” turniri davom etmoqda. Unda Oʻzbekiston sharafini himoya qilayotgan charm qoʻlqop ustalari munosib ishtirok etyapti.

Turnirning 80 kg vazndagi chempionini aniqlab beruvchi final jangida yurtoshimiz Oltinoy Sotimboyeva qozogʻistonlik Valeriya Axenovaga qarshi ringga koʻtarildi.

Afsuski, yakunda Sotimboyeva raqibiga imkoniyatni boy berib, turnirning kumush medaliga sazovor boʻldi. Aytish joizki, bokschimiz finalda yorqin jang koʻrsatdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер