“Oltin toʻp”ga kim loyiq? Messi oʻz tanlovini amalga oshirdi
Argentina terma jamoasi hamda “Inter Mayami” hujumchisi Lionel Messi 2024-yilgi “Oltin toʻp”ni hamma taxmin qilayotganidek “Real Madrid va Braziliya terma jamoasi aʼzosi Vinisius emas, oʻzining terma jamoadagi sherigi qoʻlga kiritishi kerakligini bildirdi. Bu haqda “Goal” nashri yozgan.
Gap shundaki, 8 karra “Oltin toʻp” sohibi Argentina va “Inter” jamoasi aʼzosi Lautaro Martines “Oltin toʻp”ni qoʻlga kiritishi kerak deb hisoblaydi.
“U juda ajoyib mavsum oʻtkazdi. Amerika Kubogida eng yaxshi toʻpurar boʻldi hamda finalda gol urdi. Lautaro sovringa boshqalardan koʻra koʻproq loyiq”, deydi Messi.
Maʼlumot uchun aytish mumkinki, Martines 2024-yilda “Inter” safida Italiya chempionligini qoʻlga kiritdi, shuningdek, A Seriyada eng yaxshi toʻpurarga aylandi. Argentina terma jamoasi bilan birga Amerika Kubogida zafar quchdi va toʻpurar boʻldi.
“Oltin toʻp” sovrinini topshirish marosimi 28-oktyabr kuni Parijning Shatle teatrida boʻlib oʻtadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring