“Oltin davr” xalqaro musiqa yarmarkasi tashkil etiladi

“Oltin davr” xalqaro musiqa yarmarkasini tashkil etish va oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori qabul qilindi (692-son, 06.11.2020-y.). Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.
Qarorga muvofiq, 2021-yildan respublikada tashkil etiladigan xalqaro musiqa anjumanlari va festivallari doirasida “Oltin davr” xalqaro musiqa yarmarkasi oʻtkaziladi.
Qaror bilan “Oltin davr” xalqaro musiqa yarmarkasini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Nizomga muvofiq, Madaniyat vazirligi yarmarka tashkilotchisi hisoblanadi.
Yarmarka doirasida quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi:
● yarmarkaning tantanali ochilish marosimi;
● xorijdan taklif etilgan prodyuserlar, promouterlar, sanʼatkorlar, mutaxassislarning taqdimotlari, davra suhbatlari va mahorat darslari;
● musiqa sanʼati savdo yarmarkasi;
● sanʼatkorlarning konsert dasturlari;
● yarmarkaning tantanali yopilish marosimi.
Yarmarka xalqaro yarmarkalar va muzokaralar tajribalari asosida ishbilarmonlarning oʻzaro kelishuvi (V2V), ishbilarmon va isteʼmolchi (V2S) hamda boshqa muloqot formatlarida tashkil etiladi.
Ishtirokchilarga tashkilotchi tomonidan yarmarka hududidan 3,5x4 metr oʻlchamdagi maydon ajratiladi.
Mahalliy ishtirokchilarning ichki transport, ovqatlanish, mehmonxona xarajatlari tashkilotchi tomonidan qoplanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondan sovuq havo qachon chekina boshlaydi?
- Viloyat hokimi chekka qishloqdagi aholi xonadonida tunamoqda (foto)
- 23 yoshli yigit oʻqishga kira olmaganini yashirish uchun oilasining barcha aʼzolarini oʻldirdi
- “Faridaning ikki ming qoʻshigʻi” filmi belgilangan vaqtda yuborilmaganligi sabab “Oskar”da qatnashmaydi
- Surxondaryo viloyat hokimligi binosida AKT xodimi kaltaklangani haqidagi xabarga munosabat bildirildi
- Prezidentga sheʼr oʻqib bergan talaba Yozuvchilar uyushmasi aʼzoligiga qabul qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring