Oltiariq uzumi moʻjizasi
Ushbu tuman mirishkorlari oʻz xonadonida dehqonchilik qilib ulkan daromadga ega boʻlmoqda
Ayni paytda Oltiariq tumanida aholi xonadonlarida 4 ming gektar yerda uzum parvarishlanyapti. Hovli uylar tashqarisida qoʻshimcha yana 1 ming gektar yerda uzum yetishtiriladi.
Oltiariq tumanida uzum yetishtirishda bilim va amaliy koʻnikmalarni oshirish boʻyicha 10-13-iyul kunlari oʻtkazilayotgan seminar-treningda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, barcha viloyatlardan 500 nafardan ziyod vakillar ishtirok etmoqda. Birinchi va ikkinchi sektor rahbarlari, mahalla raislari, tadbirkor va fermerlardan iborat viloyat delegatsiyalari aʼzolari oltiariqlik eng mirishkor uzumchilar xonadonlari tajribasini oʻrganishyapti.
Uzumchilik “professorlari” Isaqjon Boymatov, Husanboy Gʻofurov, Sobirjon Mamasottiyev kabi oʻnlab xonadonlardagi yuzma-yuz suhbatlarda uzum tomorqadagi moʻjiza, million-million daromad manbai ekanligi taʼkidlandi.
— Xonadonimizda va dehqon xoʻjaligi sifatida tashkil etilgan uzum bogʻimizda “Husayni”, «Rizamat ota», “Kelin barmoq”, “Qora shahzoda”, «Shohonak» singari yigirmadan ortiq uzum navlari parvarishlanadi,-deydi 80 yoshli Sobirjon ota Mamasottiyev. – Hozirgi kunda tumanimizda yetishtirilayotgan uzum Rossiya, Markaziy Osiyo, Xitoy, BAA kabi oʻnlab davlatlarga eksport qilinmoqda.
Botir Madiyorov,
“Xalq soʻzi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring