Oltiariq sport maktabi o‘quvchisi jahon chempioni bo‘ldi
Foto: “Xalq so‘zi”
Ayni kunlarda Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida karate WKF bo‘yicha kattalar o‘rtasida navbatdagi jahon chempionati o‘tkazilayotganidan xabaringiz bor. Musobaqada dunyoning besh qitʼasidagi yuzdan oshiq davlatlardan kelgan ming nafarga yaqin sportchi g‘oliblik uchun kurashmoqda.
Erkaklar o‘rtasida 75 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasi final bahsida karate WKF bo‘yicha milliy terma jamoamiz aʼzosi, sport yakkakurashlari bo‘yicha respublika oliy sport mahorati maktabi vakili, Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanida kamolga yetgan Dostonbek Otabolayev misrlik Abdulla Mamduh Abdulaziz ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi va O‘zbekistonga tarixiy oltin medalni taqdim etdi.
– Mustaqillik yillarida Oltiariqda sportning karate turi bo‘yicha o‘ziga xos mahorat maktabi shakllandi, - deydi chempionning ustozi Ibrohimjon Uzoqov. – Shu bois Dostonbek singari o‘nlab shogirdlarimiz keyingi yillarda nufuzli xalqaro musobaqalarda g‘olib bo‘lib, O‘zbekiston bayrog‘ini baland ko‘tarishga muvaffaq bo‘lmoqdalar.
Botir Madiyorov, “Xalq so‘zi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring