Olis ovulda zamonaviy bogʻcha foydalanishga topshirildi
Temur ESHBOYEV/“Xalq soʻzi”. Konimex tumanining Xolmurodqazgʻan ovuli viloyat markazidan qariyb 250 kilometr olisda joylashgan. U markaziy Qizilqumda quduq qazib suv chiqargan Xolmurod ismli ustaning sharafiga shunday ataladi. Dastlab choʻpon otari boʻlgan ushbu ovulda bugungi kunda oltmishga yaqin oila istiqomat qilib, ularning farzandlari uchun 25-umumtaʼlim maktabi faoliyat koʻrsatadi. Ovul bolalari esa maktabgacha taʼlim tashkiloti nimaligini bilmasdan toʻgʻridan-toʻgʻri birinchi sinfga borardi.

— Ovulimiz bolalari oʻzlarining zamonaviy maktabgacha taʼlim muassasasiga ega boʻldi, — deydi MTM mudirasi Gulzat Kulatova. — Mazkur taʼlim muassasasi 90 oʻringa ega. Farzandlarimizni ham maʼnan, ham jismonan kamolga yetishi, umumtaʼlim maktabiga tayyorlash uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.

“Dream work 2020” MCHJ tomonidan qurilib foydalanishga topshirilgan MTM ochilish marosimida tuman hokimi hamda “Navoiyuran” DK Bosh direktori ishtirok etib, ovul ahli bilan yuzma-yuz muloqot oʻtkazdi. Aholining bir qator haqli talablari joyida qanoatlantirilib, ayrim murojaatlar boʻyicha huquqiy tushunchalar berildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- Ukrainada jurnalistlarni olib ketayotgan avtomobil dronlar hujumiga uchradi
- Rossiya yangi urushga tayyorgarlik koʻrmoqda — Germaniya mudofaa vaziri
- Tehronda vaziyat jiddiy: poytaxt aholisi evakuatsiya qilinishi mumkin
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring