Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlari uchun sport turlari 3 toifaga ajratiladi
Illyustrativ foto
“2028-yil Los-Anjeles shahrida (AQSH) boʻlib oʻtadigan XXXIV yozgi Olimpiya va XVIII Paralimpiya oʻyinlariga Oʻzbekiston sportchilarini kompleks tayyorlash toʻgʻrisida”gi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qildi.
Qayd etilishicha, sportning ustuvor toifadagi boks, dzyudo, taekvondo, erkin kurash, ogʻir atletika turlari boʻyicha medallar sonini oshirish va sportning rivojlanayotgan toifadagi triatlon, voleybol, stol tennisi, basketbol, zamonaviy besh kurash kabi 21 ta turi boʻyicha litsenziyalarni qoʻlga kiritish Oʻzbekiston sportchilarini Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlariga tayyorlashning asosiy maqsadlari etib belgilandi.
Shuningdek, xalqaro sport tashkilotlari bilan hamkorlikni rivojlantirish ham koʻzda tutilgan.
Shu bilan bir qatorda, Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlarida erishgan natijalardan kelib chiqib, sport turlari ustuvor, istiqbolli va rivojlanayotgan toifalarga ajratiladigan boʻldi.
Ustuvor, istiqbolli va rivojlanayotgan toifalardagi sport turlari roʻyxati har 4-yilda Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlari oʻtkazilgan kalendar yilning yakuniga qadar qayta koʻrib chiqiladi va tasdiqlanadi.
Avvalroq Shavkat Mirziyoyev Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlariga tayyorgarlik boʻyicha takliflar taqdimoti bilan tanishgani haqida xabar qilgandik.
Eslatib oʻtamiz, 2024-yilda Parijda oʻtgan Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlarida yurtimiz sportchilari muvaffaqiyatli ishtirok etib, umumjamoa hisobida har ikki yoʻnalishda 13-oʻrinni egallagan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Urush, jasorat va sport: hafta davomida dunyo eʼtiborini tortgan 10 ta surat
- “Humans” Oʻzbekistondan yuzlab million dollar zararni qoplashni talab qilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring