Olimpiada oʻyinlariga tayyorgarlik masalalari muhokama etildi
Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida 2021-yilda oʻtkazilgan XXXII yozgi olimpiya va XVI paralimpiya oʻyinlari natijalari tahlili hamda keyingi olimpiada oʻyinlariga tayyorgarlik masalalariga bagʻishlangan xalqaro ilmiy-amaliy anjuman boʻlib oʻtdi.
“Zoom” platformasi orqali onlayn tarzda tashkil etilgan anjumanni universitetning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori Kamil Bayazitov olib bordi.
OʻzDJTSU matbuot xizmati xabariga koʻra, xalqaro anjumanda respublikamizdagi koʻpgina oliy taʼlim muassasalari, ilmiy-tadqiqot markazlari, taʼlim muassasalari olimlari, izlanuvchilar bilan birgalikda AQSH Barbent Ogʻir atletika musobaqalarini tahlil qilish agentligi (Mayk Graber), Rossiya jismoniy tarbiya va sport ilmiy-tadqiqot instituti (Shiyan Viktor Vladimirovich), Hindistondagi jismoniy tarbiya va sport Britaniya maktabi (Sachin Baranval), Hindiston yengil atletika federatsiyasi (Arjun Singx), Ispaniya olimpiya sportchilarini tayyorlash markazi (Marko Sisko), Tanzaniya yuqori malakali sportchilarni tayyorlash instituti (Charles Maguzu) kabi nufuzli ilmiy va sport muassasalaridan yetakchi mutaxassislar ishtirok etdi.
Anjumanda Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlariga zamonaviy sport tayyorgarligining dolzarb muammolari, Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlariga yuqori malakali sportchilarni tayyorlashning ijtimoiy-psixologik muammolari, Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlariga yuqori malakali sportchilarni tayyorlashning tibbiy-biologik muammolari hamda Olimpiya va Paralimpiya zaxiralarini rivojlantirish muammolari va istiqbollariga bagʻishlangan maʼruzalar oʻqildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring