Olimpiada chempioni Ulugʻbek Rashitovning ustozi Oʻzbekiston taekvondo WT jamoasiga bosh murabbiy boʻldi
Arxiv surat
Taekvondo WT boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasini endi Pavel Xan boshqaradi. Bu haqda assotsiatsiyaning Tokio-2020 yakunlari va yangi strategik rejalarga bagʻishlangan yigʻilishda maʼlum qilindi.
Yigʻilishda MOQ raisi Rustam Shoabdurahmonov, Turizm va sport vaziri oʻrinbosari Avaz Karimov, MOQ raisi oʻrinbosari, Oʻzbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi raisi Sherzod Tashmatov, Sportning yakkakurash turlari boʻyicha Respublika Oliy sport mahorati maktabi direktori Bahodir Mamatnazarov, shuningdek, assotsiatsiya mutasaddilari va murabbiylari ishtirok etishdi.
Dastavval assotsiatsiyaning Tokio-2020 Olimpiya oʻyinlarigacha boʻlgan faoliyati sarhisob qilindi. Sherzod Tashmatov Olimpiada yakunidan keyin sportchilarning ishtiroki chuqur tahlil qilingani, shundan soʻng terma jamoada bosh murabbiy oʻzgarganini maʼlum qildi. Unga koʻra, endilikda Pavel Xan bosh murabbiy, Aleksandr Kim esa maslahatchi trener sifatida faoliyat olib boradi.
Yigʻilishda terma jamoaning Xanchjou-2022 Osiyo va Parij-2024 Olimpiya oʻyinlariga tayyorgarlik strategiyasi haqida Sherzod Tashmatov hamda Pavel Xan maʼlumot berdi. Unga koʻra, ichki chempionat yakuniga yetgach terma jamoa tarkibi yana bir bor shakllantirib olinadi va har bir Olimpiada vazn toifasida 2 nafardan sportchi tayyorlab boriladi. Ayollar jamoasiga esa Janubiy koreyalik murabbiy jalb etilishi rejalashtirilayotgani aytildi.
Taqdimotda oldinda turgan kompleks musobaqalarga tayyorgarlikdan tashqari ushbu sport turi ommaviyligini yanada oshirish, jumladan, yurtimizda taekvondo bilan shugʻullanuvchilar sonini 25 ming nafardan koʻpaytirish, viloyatlardagi moddiy-texnik bazani yaxshilash, xalqaro musobaqalar orqali nafaqat sportchi, balki murabbiy va hakamlarning ham saviyasini kuchaytirish boʻyicha rejalar muhokama qilindi.
Maʼlumot uchun: Xan Pavel Afanasevich 1984-yil Toshkent shahrida tugʻilgan. Taekvondo boʻyicha Oʻzbekistonning ilk Olimpiada chempioni Ulugʻbek Rashitovning murabbiyi hisoblanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring