Olimpiada chempioni Fazliddin Gʻoibnazarov professional boksda yana gʻalaba qozondi
Professional boksning super yengil (-63,5 kg) vazn toifasida ishtirok etayotgan Fazliddin Gʻoibnazarov (8-1, 5 KO) uzoq tanaffusdan soʻng ringga qaytishini ajoyib gʻalaba bilan nishonladi. Bu haqda GoSport.uz xabar bermoqda.
Qozogʻistonning Almati shahrida kechgan boks oqshomida u ukrainalik Vladislav Baranovga (6-6-2, 4 KO) qarshi ringga chiqib, birinchi raundning 1:24 soniyasi ortda qolganda raqibini texnik nokaut evaziga magʻlubiyatga uchratdi. Bu natija orqali Gʻoibnazarov professional boksdagi gʻalabalari sonini 8taga yetkazib oldi.
Eslatib oʻtamiz, soʻnggi marta u may oyida Maykal Foksga (21-1, 5 KO) qarshi ringga chiqib, ochkolar hisobida imkoniyatni boy berib qoʻygandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring